Duda: Ikkinchi raketaning izlari topilmadi
Polsha hududida ikkinchi raketaning qulashi izlari hali topilmadi. Bu haqda Polsha Prezidenti Anjey Duda matbuot anjumanida jurnalistlarga aytib o‘tdi.
Davlat yetakchisining so‘zlariga qaraganda, polshalik va amerikalik ekspertlar tomonidan birgalikda olib borilayotgan tergov harakatlari yana bir necha o‘nlab soat davom etishi mumkin.
“Mutaxassislar raketa parchalarini yig‘ishda davom etmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Prezident.
Polshaga tushgan raketaning Rossiyaga oid ekanligi to‘g‘risidagi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bayonotiga AQSH munosabat bildirdi.
“CNN” xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar rahbarining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan “mazkur voqea atrofida keskinlikni oshirmaslik uchun uni sharhlashda yana diqqatli bo‘lishga chaqirdi”.
O‘zA