Dovurxon polvon bronza medali sohibi
Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi -90 kilogramm vazn toifasida bronza medali sovrindorlari nomi aniq bo‘ldi.
Mazkur musobaqaning J2 klassida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov bronza medali uchun o‘tgan bellashuvda Lasha Kizilashvili (Gruziya) bilan raqobatlashdi. Keskin va mursasiz bahslar ostida o‘tgan mazkur bahsda polvonimiz g‘alaba qozonib, “Parij-2024” Paralimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritdi. U “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni soni 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA