Do‘stlikda yoshlar festivaliga start berildi
FOTOREPORTAJ
Jizzax viloyati Do‘stlik tumani “Yoshlar shaharchasi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yoshlar festivali” hamda futbol va mini-futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berildi.
Tadbirning ochilish marosimida mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Shu kuni Do‘stlik tumanidagi Yoshlar markazida futbol va mini-futbol musobaqalarining qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, tuman bosqichining dastlabki juftliklari aniqlandi. Unda o‘tgan mavsum g‘oliblari ham ishtirok etib, yoshlarga o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdi.
Festival doirasida shaxmat, kibersport, voleybol, basketbol, tennis, qo‘l kurashi, turnikka tortilish va “Zakovat” intellektual o‘yinlari ham tashkil etildi.
[gallery-28790]
Tadbirda ta’kidlanganidek, bu kabi musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yangi iqtidorlarni kashf etish va sportning ommaviyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA