Dorixonalarda karantin talablari buzilmoqda
Ishchi guruh tomonidan viloyat hududidagi bozorlar va savdo doʻkonlari, aholi gavjum boʻlgan maskanlar oʻrganilib, sanitariya talablariga javob bermaydigan ayrim subyektlarga tegishli tartibda choralar koʻrildi.
Aholi oʻrtasida karantin tartiblarini keng targʻib etish, virus xavfidan ogohlantirish, qoidabuzarlik holatlariga chek qoʻyish, lozim boʻlsa, qonuniy chora koʻrish maqsadida Namangan viloyati Milliy gvardiya, ichki ishlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmlari, Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi vakillaridan iborat maxsus viloyat ishchi guruhi tashkil etilgan.
Ishchi guruh tomonidan viloyat hududidagi bozorlar va savdo doʻkonlari, aholi gavjum boʻlgan maskanlar oʻrganilib, sanitariya talablariga javob bermaydigan ayrim subyektlarga tegishli tartibda choralar koʻrildi.
Jumladan, aholiga xizmat koʻrsatayotgan ayrim dorixonalarda karantin qoidalari qoʻpol ravishda buzilayotganligi aniqlandi. Oraliq masofa saqlash, xaridorlarning tana haroratini oʻlchash tartibi umuman joriy etilmagan dorixonada tibbiyot qoʻlqopisiz, fuqarolar sogʻligʻiga jiddiy xavf solib xizmat koʻrsatayotgan dorixona xodimlariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.
Ishchi guruh tomonidan maktablarda yaratilgan sharoitlar oʻrganilganda, shaharda maktablar, xususan 63-umumtaʼlim maktabi karantin qoidalariga toʻlaqonli amal qilgan holda faoliyat yuritayotganiga guvoh boʻlindi.
Karantin cheklovlari yumshatilganidan soʻng toʻy va maʼrosimlar oʻtkazishga ruxsat berilgan boʻlsada, ushbu tadbirlar belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozimligi borasida mahallalarda doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqa.
Ishchi guruhning reyd tadbirlari barcha hududlarda har kuni erta tongdan kun botgunga qadar oʻtkazilmoqda. Maqsad karantin qoidalarini targʻib etish orqali aholi orasida virusga chalinish holatlarini kamaytirishdir.