Dongʻi ketgan patirlar
Qamchiq dovoni orqali Fargʻona darvozasi – Dangʻara tumaniga kirib borar ekansiz, non rastalariga koʻzingiz tushadi.
Qamchiq dovoni orqali Fargʻona darvozasi – Dangʻara tumaniga kirib borar ekansiz, non rastalariga koʻzingiz tushadi. Betakror taʼm va koʻrinishga ega nonlarga qarab, bu neʼmatlarni el dasturxoniga tortiq qilayotgan kasb egalariga har qancha tahsinlar aytsang kam.
Dangʻara tumanidagi Chagʻali, Qoraqalpoq, Davr, Kichik turk qishloqlarida yashovchi novvoylar tomonidan tayyorlangan mazali va hushtaʼm nonlar koʻplab xonadonlarning dasturxonini bezab turadi. “Akmal patir”, “Sanjar patir” kabi brendlar paydo boʻlgani ham bu nonlarning taʼrifi mashhurligidan dalolat.





