Donald Trampga suiqasd uyushtirildi
Bugun tongda AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan unga qarata o‘q uzilgan. Mamlakat sobiq prezidenti yarador bo‘lgani aytilmoqda.
Tramp matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, u ayni paytda yaxshi va xavfsiz.
Oradan biroz vaqt o‘tib AQSH Maxfiy xizmati voqea yuzasidan bayonot berdi. Departament bir tomoshabin va o‘q uzgan shaxs o‘lganini tasdiqladi.

- Noma’lum shaxs miting maydoni tashqarisidagi tepalikdan sahna tomon bir necha marta o‘q uzdi. AQSH Maxfiy xizmati tezda himoya choralarini ko‘rdi va sobiq prezident xavfsiz joyga o‘tkazildi, -dedi xizmat vakili Entoni Gugliyelmi.

Bu suiqasd Trampning saylovdagi imkoniyatlarini yanada oshirib yubordi, deb bemalol aytish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. U amaldagi prezident Jo Bayden bilan raqobatlashmoqda.
O‘.Alimov, O‘zA