Donald Tramp: "Jahon chempionati o‘yini uchun 1120 dollarga chipta sotib olmagan bo‘lardim"
AQSh va Paragvay uchrashuvi uchun chiptalar 1120 dollargacha bo‘lgan qiymatda sotilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z yurti terma jamoasining Paragvayga qarshi bahsini tomosha qilish uchun katta summaga chipta sotib olmasligini tan oldi.
"Men albatta uchrashuvni stadiondan turib tomosha qilishni xohlardim, lekin to‘g‘risini aytsam, men buncha pul to‘lab o‘yinni tomosha qilishga kirmagan bo‘lardim. Menga ovoz bergan barchani stadionga borishini istar edim. Bu savdo muvaffaqiyatli davom etayotganidan xabarim bor. Har xil rekordlar ham o‘rnatilyapti", - dedi AQSh yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Paragvay uchrashuvi uchun chiptalar 1120 dollargacha bo‘lgan qiymatda sotilmoqda.