Dollar, yevro va rubl kurslari pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 21-yanvardan eʼtiboran xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 21-yanvardan eʼtiboran xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, xorijiy valyutalar, xususan, dollar, yevro va rubl kurslari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan arzonlashgani qayd etildi.
1 AQSH dollari 9 547 soʻm 5 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 3 soʻm 71 tiyinga pasaygan.
1 yevro kursi 10 585 soʻm 77 tiyin qiymatda baholanib, 34 soʻm 68 tiyinga arzonlashgan.
1 rubl esa 155 soʻm 6 tiyinga tenglashib, 1 soʻm 53 tiyinga arzonlashgan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.