Diniy aqidaparastlik – xavfli illat
Arnasoy tumani markazida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim hamda kasb-hunar maktablari o‘quvchi-yoshlari va ularning ota-onalari ishtirokida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning zararli oqibatlari hamda kiyinish madaniyati mavzusida ma’naviy-tarbiyaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati, o‘zbekona urf-odatlar to‘g‘risida fikrlashildi. Turk va arab liboslariga taqlidan kiyinib yurayotgan qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratishga e’tibor qaratildi.
[gallery-20781]
Arnasoy tuman hokimining o‘rinbosari G.Haydarova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Arnasoy tumani bo‘limi mutaxassisi G‘.Saydullayev, tuman IIB mas’ul xodimi U.Saypillayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi raisi O.Zoidov, tuman bosh imom- xatibi R.Nishonov va boshqalar ota-onalar hamda yoshlarga davlat tashkilotlarining ichki qonun- qoidalari va kiyinish madaniyati to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, yoshlarga “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun- mohiyati bo‘yicha ham atroflicha tushunchalar berildi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ma’ruzalarini eshitish, tarqatish mumkin bo‘lmagan qidiruvdagi fuqarolarning tarqatma materiallari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Soxta da’volar” nomli videoroliklar namoyishi yig‘ilganlarning asosiy diqqat markazida bo‘ldi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari