Deputatlar mavjud muammolarni o‘rgandi
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lishib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, fuqarolarning turmush sharoitlarini o‘rganish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va bu borada parlament nazorati samaradorligini kuchaytirish maqsadida aholi bilan uchrashlar o‘tkazmoqda.
Bunday xayrli jarayonlarda O’zLideP deputatlari ham bu jarayonda faollik ko‘rsatmoqda. Jumladan, Dilbar Usmonova ham xalqning og‘irini yengil qilish yo‘lida o‘zining bor imkoniyatini safarbar etadigan deputatlardan. U rahbarligida tuzilgan ishchi guruh Toshkent tumani ko‘p tarmoqli Markaziy shifoxonada bo‘ldi. O‘z navbatida tibbiyot xodimlari, Toshkent tumanidagi mahallalarda faoliyat yurituvchi yoshlar yetakchilari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, tuman xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari bilan suhbatlashdi.


Unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash, tibbiyot sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangani, bu boradagi islohotlarni tobora jadallashtirib, hayotga samarali tatbiq etish choralari ko‘rilayotgani haqida so‘z yuritildi. Deputat Atxam Nazirqulov Ohangaron shahridagi o‘z saylov okrugida tashkil qilingan sayyor qabulda hokim Akrom Eshonqulov bilan birgalikda fuqarolarning qator muammolari o‘rganildi. Haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan muammolarga joyida ijobiy yechim topish choralari ko‘rilib, ularga amaliy yordam va huquqiy maslahatlar berildi.
Deputat o‘z saylovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan moddalar va ularning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish berdi.


A.Musayev,O‘zA.