Deputat saylovchilar murojaatini o‘rgandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslanova Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashdi.

Mahalliy tadbirkorlar, hududdagi ko‘cha oqsoqollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda mavjud muammolar atroflicha muhokama etildi. Tuman markazidagi “Nodirabegim”, “Bahor”, F.Xo‘jayev ko‘chalaridagi yo‘llarni asfaltlash, hudud atrofini obodonlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mavjud muammolar deputat E.Aslonova tomonidan ko‘rib chiqildi. Mahalliy hokimliklar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.
–Deputatimiz tomonidan barcha muammolarga yechim izlandi, – deydi mahalla faoli Ismat Yorov. – Endilikda bizning hudud ham bosqichma-bosqich obodonlashtiriladi. Ko‘chalarimiz asfaltlanadi.
Zarif Komilov,
O‘zA