Denis Istomin yarim final ostonasida
Tennischimiz chorak finalga qadar ukrainalik Ilya Marchenkoni 7:6, 6:2, 1/8 final bosqichida italiyalik Stefano Napolitanoni 6:3, 6:4 hisobida magʻlubiyatga uchratgandi.
Italiyaning Byella shahrida “Chellenjer” turkumiga kiruvchi “Biella Challenger 80” musobaqasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin chorak finalga chiqdi. Denis bugun turnirning yarim final yoʻllanmasi uchun oʻtadigan bahsda avstraliyalik Kristofer OʻKonell bilan kuch sinashadi.
Tennischimiz chorak finalga qadar ukrainalik Ilya Marchenkoni 7:6, 6:2, 1/8 final bosqichida italiyalik Stefano Napolitanoni 6:3, 6:4 hisobida magʻlubiyatga uchratgandi.
Eslatib oʻtamiz: D.Istomin bir necha kun avval Parij shahrida davom etayotgan “Roland Garros” turnirida oʻz omadini sinab koʻrmoqchi edi, biroq unda koronavirus infeksiyasi aniqlangani bois, musobaqada qatnasha olmagandi.