Denis Istomin chorak finalga chiqdi
Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtayotgan “Chellenjer“ turkumiga kiruvchi musobaqada Denis Istomin chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtayotgan “Chellenjer“ turkumiga kiruvchi musobaqada Denis Istomin chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi D.Istomin musobaqaning ikkinchi davrasida misrlik Muhammad Safvatni 6:2, 6:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Denis chorak finalda polshalik Komil Mayxrjak va serbiyalik Miomir Kesmanovich uchrashuvi gʻolibiga qarshi kortga chiqadi.