De Yong Oʻzbekiston bilan bahsdan soʻng Niderlandiyaning muammosini aytdi
U oʻyindan biroz hafsalasi pir boʻlganini, biroq keyingi raqib — Yaponiya bilan bahs oldidan ijobiy kayfiyatda ekanini taʼkidladi.
Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong Oʻzbekistonga qarshi kechgan uchrashuv (2:1) haqida fikr bildirdi.
U oʻyindan biroz hafsalasi pir boʻlganini, biroq keyingi raqib — Yaponiya bilan bahs oldidan ijobiy kayfiyatda ekanini taʼkidladi.
“Oʻzbekiston bilan oʻyinda koʻplab vaziyatlar yaratdik va bahsni toʻliq nazorat qildik. Endilikda soʻnggi uzatmalarni yaxshilashimiz va imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Shunda butunlay boshqacha jamoaga aylanamiz”, — dedi de Yong.