Davlatimiz rahbari Yaşil iqlim fondi bilan hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi
Antaliya şahriga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev özi uçun ajratilgan qarorgohda Yaşil iqlim fondi ijroçi direktori Mafalda Duerte bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot çoğida iqlim özgarişiga moslaşiş borasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda iqlim moliyasi mablağlarini jalb etiş masalalari körib çiqildi.

Jamğarma bilan şeriklik aloqalari mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qöşma loyihalar portfeli 200 million dollardan oşdi.
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlarni yaratiş böyiça mintaqaviy dastur maʼqullanganini olqişladi.

Mamlakatimiz moliya institutlarining fond resurslaridan töğridan-töğri foydalaniş imkoniyatini taʼminlaş, Özbekistonda iqlimga oid, şu jumladan, Orolböyini ekologik jihatdan tiklaş hamda “yaşil” şaharlarni rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli investitsiya dasturini şakllantiriş muhimligi taʼkidlandi.
Uçraşuv yakunida şeriklikni mustahkamlaş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga kelişib olindi.