Davlat organiga qanday murojaat qilinadi?
Murojaat qilish barchaning muhim huquqlaridan biri hisoblanadi.
Murojaat qilish barchaning muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. Biroq, murojaat qilish tartibini hamma ham yaxshi bilmaydi.
Adliya vazirligi bu borada huquqiy tushuntirish berish maqsadida murojaat qilish tartibi infografikasini yaratdi.
Unda murojaat turlari, murojaat qilish usullari, murojaat shakllari aniq koʻrsatib berilgan.
Shu bilan birga, murojaatda qoʻyilgan masalani hal etish vakolatiga kiradigan davlat organiga yoki yuqori turuvchi organga berilishi, murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega ekanligi, murojaat davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkinligi, murojaatga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinishi kabi jihatlar ham oʻrin olingan.
Ariza yoki shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kunda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 1 oygacha) koʻrib chiqiladi.
Taklif kelib tushgan kundan eʼtiboran 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi (qoʻshimcha oʻrganish talab etilsa, murojaatchiga 10 kun muddatda xabar qilinadi).
Qisqasi, mazkur infografikada har birimiz bilishimiz zarur boʻlgan murojaatga oid qonuniy asoslar qamrab olingan. Infografika yon daftarchamizdan oʻrin olsa foydadan xoli boʻlmaydi.