Davlat boşqaruvida PR texnologiyalari: institutsional asoslar va kommunikativ samaradorlik
Davlat boşqaruvi tizimida davlat xizmatçisi imiji PR strategiyalarining muhim tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Global boşqaruv amaliyotida davlat xizmatçisi faqat maʼmuriy funksiyalarni bajaruvçi şaxs emas, balki davlat va jamiyat örtasidagi kommunikatsion köprik, işonçli axborot manbai hamda davlat siyosatining amaliy ifodalovçisi sifatida baholanadi. Şu nuqtai nazardan, davlat xizmatçisi imijini şakllantiriş va boşqariş davlat institutlariga nisbatan jamoatçilik işonçini mustahkamlaş, oçiqlikni taʼminlaş va samarali kommunikatsiya muhitini yaratişning strategik vositasi hisoblanadi.
Xalqaro tajribalar şuni körsatadiki, davlat xizmatçisi imiji uning professional kompetensiyasi, axloqiy masʼuliyati, kommunikatsion madaniyati va fuqarolar bilan muloqot qiliş qobiliyati orqali şakllanadi. PR strategiyalari doirasida bu imijni rivojlantiriş “public service motivation”, “ethical governance”, “transparent administration” kabi konsepsiyalar bilan uzviy boğliq holda amalga oşiriladi. Natijada, davlat xizmatçisi imiji nafaqat içki boşqaruv samaradorligini oşiradi, balki davlatning umumiy imiji va xalqaro nufuzini mustahkamlovçi muhim omil sifatida namoyon böladi.
Şu nuqtai nazardan, davlat boşqaruvida PR texnologiyalari faqat axborot oqimini taşkil etiş emas, balki jamoatçilik fikrini şakllantiriş, davlat siyosatida ijtimoiy muvofiqlikni taʼminlaş, fuqarolarni boşqaruv jarayoniga jalb etiş kabi funksiyalarni bajaradi. Bu esa uning institutsional mohiyatini belgilaydigan asosiy jihatlardan biridir.
Özbekistonda sönggi yillarda davlat PR tizimi bosqiçma-bosqiç institutsional şaklga ega böldi. Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev rahbarligida davlat boşqaruvida oçiqlik va jamoatçilik bilan muloqotni taʼminlaş siyosati huquqiy darajada mustahkamlandi. 2019-yil 27-iyundagi “Davlat organlarida axborot xizmatlarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori bu yönalişdagi ilk huquqiy poydevor böldi, deyiş mumkin.
Uşbu qarorga muvofiq, har bir davlat organida axborot xizmati taşkil etildi hamda davlat organi faoliyati haqida axborot tayyorlaş va tarqatiş, ommaviy axborot vositalari bilan muntazam muloqotni yölga qöyiş, jamoatçilik fikrini örganiş va tahlil qiliş, fuqarolar murojaatlariga javob berişda oçiqlik va tezkorlikni taʼminlaş kabi asosiy vazifalar belgilab berildi.
Bunday tizim davlat boşqaruvida PR faoliyatining institutsional darajadagi mavqeini belgilab berdi. Endi axborot xizmati faqat matbuot bayonotlari bilan çeklanmasdan, davlat siyosatidagi “oçiqlik arxitekturasi”ning asosiy qismiga aylandi.
Şuningdek, 2021-yilda Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari faoliyatida axborot oşkoraligini taʼminlaş tartibi töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu hujjatda axborotni oşkora qilişning aniq mezonlari, fuqarolar uçun oçiq bölişi kerak bölgan maʼlumot turlari va javobgarlik tartibi belgilandi. Natijada, davlat idoralarida jamoatçilik bilan munosabatlar tizimi huquqiy jihatdan kafolatlandi.
Bu jarayon davlat boşqaruvida “institutsional kommunikatsiya” tuşunçasini ilmiy va amaliy jihatdan mustahkamladi. Endi PR faoliyati taşkilotdagi yordamçi vazifa emas, balki boşqaruv qarorlarini ijtimoiy asoslaş va ularning ijrosini jamoatçilik nazorati orqali taʼminlaş vositasiga aylandi.
Ilmiy tahlillar şuni körsatadiki, davlatning barqarorligi va fuqarolarning unga bölgan işonçi köp jihatdan axborot munosabatlarini qanday yölga qöyişga boğliq. Masalan, taniqli polyak sotsiologi P.Ştompka işonçni ijtimoiy kapitalning eng muhim şakli sifatida taʼriflagan bölsa, amerikalik siyosatşunos F.Fukuyama uni siyosiy tizimning barqarorligini taʼminlovçi omil sifatida belgilaydi. Davlat boşqaruvida PR texnologiyalari aynan şu ijtimoiy kapitalni şakllantiruvçi vosita sifatida namoyon böladi.
Ölkamizda bu jarayon davlat siyosatining ustuvor yönalişi sifatida belgilangan. Prezidentimizning 2023-yilgi Murojaatnomasida “davlat organlari faoliyatida oçiqlik va hisobdorlik tamoyillarini töliq joriy etiş” vazifasi qöyilgan bölib, bu PR faoliyatining strategik ahamiyatini yanada kuçaytirdi.
PR texnologiyalari davlat boşqaruvida kommunikatsiya va siyosiy legitimlik örtasidagi boğlanişni taʼminlaydi. Yaʼni jamoatçilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilingan qarorlar fuqarolar uçun işonçli qabul qilingan qaror sifatida namoyon böladi. Şu bois, PR faoliyati davlat siyosiy tizimining legitimlik mexanizmi sifatida ham baholanadi.
Bugungi kunda davlat PR faoliyatining institutsional tizimi nafaqat markaziy hokimiyat organlarida, balki mahalliy darajada ham rivojlanmoqda. Har bir viloyat hokimligida axborot xizmatlari faoliyat yuritib, mahalliy jamoatçilik bilan muloqotda “birlamçi fidbek zanjiri”ni taʼminlamoqda. Bu tizim fuqarolarning davlatga nisbatan munosabatini real vaqtda kuzatiş va tahlil qiliş imkonini beradi.
Şu bilan birga, institutsional PR tizimida kadrlar masalasi muhim örin tutadi. Axborot xizmatlari rahbarlari va davlat matbuot kotiblari kommunikatsiya psixologiyasi, media savodxonlik va strategik muloqot böyiça maxsus tayyorgarlikdan ötişlari talab etiladi. Bu orqali davlat xizmati faoliyatida “kommunikativ kompetensiya” degan yangi malaka standarti şakllanmoqda.
Şunday qilib, davlat boşqaruvida PR texnologiyalarining institutsional mohiyati ularning faoliyat doirasidan emas, balki ijtimoiy vazifasidan kelib çiqadi. Ular davlat va jamiyat örtasidagi işonç munosabatlarini mustahkamlaydi, qarorlar qabul qiliş jarayonida oçiqlik va javobgarlikni taʼminlaydi hamda jamoatçilik fikrini davlat siyosatining ilmiy asosiga aylantiradi.
Yurtimizda bu jarayon qonunçilik va amaliyotda tizimli tus oldi. Şuningdek, axborot xizmatlari instituti, oçiq hukumat platformalari va raqamli davlat xizmatlari orqali PR faoliyati töliq institutsional darajaga kötarildi. Şu sababli PR texnologiyalari bugun davlat boşqaruvining muhim strategik tarkibiy qismi sifatida eʼtirof etilmoqda.
Davlat boşqaruvida PR texnologiyalarining asosiy mohiyati uning kommunikativ funksiyasi bilan belgilanadi. PR faoliyatining markazida jamoatçilik bilan özaro munosabat, işonç va oçiq muloqotni yölga qöyiş jarayoni turadi. Bu jarayonda davlat va fuqarolar örtasidagi axborot oqimi bir tomonlama emas, balki ikki tomonlama simmetrik aloqa tizimiga asoslanişi lozim.
Amerikalik olimlar Jeyms Gryunig va Tod Hant tomonidan işlab çiqilgan “two-way symmetrical model” (ikki tomonlama simmetrik muloqot modeli) zamonaviy davlat PR siyosatining ilmiy poydevorini taşkil etadi. Uşbu modelga köra, jamoatçilik bilan aloqalar faqat axborot yetkaziş yoki taşviqot emas, balki davlat va jamoat örtasidagi özaro anglaşuv va işonçga asoslangan muvozanatli muloqotdir.
Bunday yondaşuv davlat boşqaruvidagi “kommunikatsiya falsafasi”ni belgilaydi. Yaʼni, davlat fuqarolarga axborot yetkaziş bilan çeklanmasdan, ularning fikrini tinglaydi, tahlil qiladi va qaror qabul qiliş jarayonida jamoatçilik nuqtai nazarini inobatga oladi. Bu holat öz navbatida, “işonç kapitali”ni şakllantiradi, jamiyatning davlat boşqaruviga işonçi va qonuniy legitimlikni mustahkamlaydi.
Kommunikativ tizimning ilmiy modeli
Davlat PR faoliyatidagi kommunikatsiya jarayonini quyidagi ilmiy model orqali tasvirlaş mumkin:
PR kommunikatsiya modeli = [Axborot manbasi → Xabar → Kanal → Auditoriya → Fikr-mulohaza (feedback)]
Bu modelning samaradorligi “fikr-mulohaza halqasi” qançalik töliq işlaşiga boğliq. Agar davlat idorasi jamoatçilik fikrini muntazam tahlil qilmasa, u holda axborot aylanmasi bir tomonlama bölib qoladi va işonçni pasaytiradi. Şu boisdan, har bir davlat axborot xizmatida “feedback monitoring” - yaʼni jamoatçilik kayfiyatini doimiy kuzatib boriş tizimi joriy etilişi zarur.
Masalan, Buyuk Britaniya va Singapurda davlat kommunikatsiya markazlari fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tahlil qiliş uçun maxsus “media listening platforms”dan foydalanadi. Bu tizimlar orqali davlat qarorlariga bölgan jamoat munosabati real vaqtda baholanadi va tegişli strategik özgarişlar kiritiladi.
Davlat PR faoliyatining samaradorligini baholaşda asosiy mezon — ijtimoiy işonç indeksi hisoblanadi. Çunki PR texnologiyalari axborot tarqatiş bilan emas, işonçli munosabat yaratiş bilan ölçanadi.
Davlat organlarida PR faoliyati samaradorligini baholaş uçun yagona universal körsatkiç mavjud emas. Şu sababli mazkur tadqiqotda PR samaradorligi jamoatçilik işonçi, axborot qamrovi, qayta aloqa va axborot şaffofligi kabi omillarning yiğindisiga asoslangan şartli-analitik model sifatida taklif etiladi.
S = (I + Q + A + Sh) / 4
Bu yerda:
I - jamoatçilik işonçi (işonç indeksi yoki sörovnoma natijalari asosida);
Q - axborot qamrovi (axborotning auditoriyaga yetib boriş darajasi);
A - qayta aloqa (fuqarolar murojaatlari, izohlar va javoblar samaradorligi);
Sh - axborot şaffofligi (oçiq maʼlumotlar va rasmiy axborotning töliqligi).
Uşbu model matematik aniq hisob-kitob emas, balki PR faoliyatiga taʼsir etuvçi asosiy omillarning özaro boğliqligini körsatuvçi konseptual indeks hisoblanadi. Körsatkiçlar 0 dan 1 gaça yoki 0 dan 100 gaça şkalada baholanişi mumkin. Agar mazkur tört körsatkiç izçil ravişda oşib borsa, davlat organining PR faoliyati jamoatçilik bilan muloqotda ijobiy natija bermoqda, deb baholaş mumkin. Şu bilan birga, mazkur model universal emas va uni qöllaşda davlat organining xususiyati hamda milliy şaroit hisobga olinişi lozim.
Mamlakatimizda sönggi yillarda davlat idoralari PR samaradorligini baholaşda KPI (Key Performance Indicators) tizimi joriy etildi. Masalan, vazirliklar axborot xizmatlarining faoliyati quyidagi körsatkiçlar böyiça baholanadi:
axborot materiallarining soni va sifati;
jamoatçilik fikridagi “ijobiy tonallik” darajasi;
ijtimoiy tarmoqlardagi faol auditoriya hissasi;
murojaatlarga javob beriş tezkorligi.
Bu körsatkiçlar PR faoliyatini subʼektiv baholaşdan obʼektiv tahlil darajasiga kötarmoqda.
Işonç va javobgarlik davlat kommunikatsiyasining asosiy ustunlari
Kommunikativ samaradorlikni taʼminlovçi asosiy omillardan biri işonçdir. Davlat boşqaruvida işonçni tiklaş PRning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Işonçsiz kommunikatsiyada davlat siyosati qançalik yaxşi bölmasin, u fuqarolar ongida ijobiy qabul qilinmaydi.
Şu bois, davlat PR faoliyatida “haqqoniylik”, “javobgarlik” va “oçiqlik” tamoyillari asosiy metodologik mezonlar sifatida belgilanmoqda. Prezident Ş.Mirziyoyevning joriy yil uçun yöllagan Murojaatnomasida bu tamoyil quyidagiça ifoda etildi:
“Yurtimizdagi keng kölamli yangilanişlar davrida oçiqlik siyosatidan heç qaçon ortga qaytmaymiz. Söz va matbuot erkinligini taʼminlaş ustuvor vazifamiz bölib qoladi”.
Bu fikrlar davlat kommunikatsiya siyosatining mohiyatini belgilaydi – oçiqlik orqali işonçni mustahkamlaş, işonç orqali esa jamiyatda barqarorlikni taʼminlaş.
Şu nuqtai nazardan, har bir axborot xizmati öz faoliyatida “töğri, haqqoniy va tezkor axborot yetkaziş” prinsipiga amal qilişi zarur. Axborotni yaşiriş yoki keçiktiriş işonçni yemiruvçi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
PR faoliyatida ijtimoiy tahlil va jamoatçilik fikrini örganiş muhim. Hozirgi zamon PR texnologiyalari faqat axborot uzatiş emas, balki “social listening”, “sentiment analysis”, “opinion mining” kabi vositalar orqali jamoatçilik kayfiyatini çuqur tahlil qilişni öz içiga oladi.
Bu usullar orqali davlat idoralari maʼlum bir siyosiy qaror yoki islohot böyiça fuqarolar kayfiyatini, qoniqiş darajasini yoki tanqidiy fikrlarni örganişi mumkin. Masalan, “Telegram” va “X” platformalaridagi jamoat fikrini tahlil qiliş davlatning PR strategiyasini tezkor yangilaş imkonini beradi.
Ayniqsa, voqea yuz berişi bilan jamoatçilikka darhol munosabat bildiriş amaliyoti (real time communication) davlat PR faoliyati samaradorligini oşiradi. Bu usulda keçiktirilgan axborot emas, balki tezkor va işonçli maʼlumot asosiy ustuvorlik kasb etadi.
Şunday qilib, PR texnologiyalarining kommunikativ tabiati ularning davlat boşqaruvidagi ijtimoiy vazifasini belgilaydi. Davlat va fuqarolar örtasidagi işonç, oçiqlik va fidbek munosabati PR faoliyatining asosiy samaradorlik indikatorlaridir.
Mansur Yunusov,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi dotsenti,
Respublika “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi