Daniya terma jamoasi shifokori Morten Boesen Kristian Eriksenning holati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
U qisqa muddatga hushini yo‘qotdi, ammo tezda o‘ziga keldi.
Daniya terma jamoasi shifokori Morten Boesen Ukrainaga qarshi uchrashuvda xushini yo'qotib maydonga yiqilgan Kristian Eriksenning holati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
"Kristianning ahvoli yaxshi, u maydonni o‘zi mustaqil ravishda tark eta oldi. Men ko‘rgan holatga ko‘ra, kardiostimulyator (yurak moslamasi) kutilganidek to‘g‘ri ishladi.
U qisqa muddatga hushini yo‘qotdi, ammo tezda o‘ziga keldi. Biz u bilan darhol aloqaga chiqdik.
Hozirda u sodir bo‘lgan voqea sabablarini aniqlash uchun shifoxonada chuqurroq tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Biz Kristian va shifoxona shifokorlari bilan doimiy aloqadamiz.
Kristianning o‘zi ham hammasi joyida ekanini aytdi va barcha jamoadoshlariga o‘z salomini yo‘llashimni so‘radi", - dedi shifokor.
Daniya va Ukraina o'rtasidagi bahs ushbu vaziyatdan so'ng to'xtatilgan edi.