Chust yanada obod bo‘lmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumani Sabzazor mahallasida, xususan, tibbiyot birlashmasi atrofida infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
[gallery-28747]
Loyiha doirasida mintaqaviy yo‘llar davlat muassasasi mablag‘lari hisobidan umumiy uzunligi 2 kilometr bo‘lgan asfalt qoplamali avtomobil yo‘li qurilayotir. Ushbu ishlar uchun 3 milliard 700 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, hududda umumiy uzunligi 3 kilometr bo‘lgan piyodalar yo‘laklari barpo etildi. 70 ta zamonaviy tashqi yoritish uskunalari o‘rnatildi. Dam olish hududlariga qariyb 20 ta o‘rindiq joylashtirish ishlari davom etmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar aholi turmush darajasini oshirish, hududda xavfsiz va qulay muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA