Chortoqlik o‘qituvchi “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Beshta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining joriy yilgi bahslarida namanganlik Zamira Abdullayeva 20-30 yosh toifasida g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.
Zamira Abdullayeva Chortoq tumanidagi 22-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyoti fanidan yoshlarga saboq beradi. Maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasida bilimi va zukkoligi hamda intiluvchanligi bilan e’tibor qozongan. Kitobga mehri bo‘lakcha.
G‘olib kitobxon o‘zi faoliyat olib borayotgan maktabda tantanali kutib olindi.
[gallery-10789]
Tadbirda tuman hokimi A. Otaxo‘jayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tuman bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari, maktab jamoasi – ustoz-muallimlar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tantanada so‘z olganlar mamlakatimizda kitobxonlik rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor xususida to‘xtalib, iste’dodli muallimaga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA