“Cho‘l guli” - javohirlar ko‘rgazmasi yulduzi
Hamkorlarimiz sahifalarida
Zargarlik buyumlari ko‘rgazmasida amirlik ayol dizaynerlar innovatsiya to‘plamini namoyish qildi, deya xabar bermoqda “WAM” axborot agentligi.
Sharja ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tgan BAA javohirlari ko‘rgazmasining uchinchi nashri katta muvaffaqiyat qozondi. Savdo-sanoat palatasi tomonidan e’tirof etilgan “Amirlik zargarlari” platformasida ishtirok etish chog‘ida boy merosdan ilhomlangan yigirma nafarga yaqin zargar ayol oltin va olmos taqinchoqlarining o‘zgacha dizaynga ega to‘plamini namoyish etdi.

Ko‘rgazmada Shamma Alxallamiy “Salim ash Shu’aybi zargari” shirkati bilan hamkorlikda “Cho‘l guli” (Desert Blossom) nomi bilan yaratgan zargarlik buyumlari kolleksiyasi namoyish etildi. Eng noyob gul shakllarini aks ettirgan, 1300 soatdan ko‘proq vaqt davomida ikki kilogramm oltin, 250 karat oliy nav olmos va yoqut kabi qimmatbaho toshlardan yasalgan dizayn tomoshabinlarni mahliyo qildi.
Sharja ekspo markazi bosh menejeri Saif Muhammad al Midfa BAA dizaynerlari javohirlar ko‘rgazmasidagi ishtirokidan mamnunligini bildirib, milliy dizaynerlar iste’dodidan hayratda ekanini yashirmadi.

“Amirlik zargarlari” ko‘rgazmasida parfyumeriyaga ixtisoslashgan kompaniyalar ham ishtirok etib, iste’molchilarga eng yoqimli iforlar keng tanlovini, tabiiy xushbo‘y moylardan iborat turli mahsulotlarni ham taqdim etdi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA