Chexiya O‘zbekiston yoshlari nigohida
"Akademiya" galereyasida Badiiy akademiya hamda Chexiya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Chexiya O‘zbekiston yoshlari nigohida" nomli tanlov g‘oliblarini taqdirlash hamda ular ijodiy ishlari ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Chexiya Respublikasi mamlakatimizning Yevropadagi eng muhim hamkorlaridan biri sanaladi. Badiiy akademiya Axborot xizmatiga ko‘ra, keyingi paytda tasviriy san’at sohasida ham munosabatlar tobora mustahkamlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasviriy san’at sohasida ushbu davlat bilan ijodiy hamkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, mo‘yqalam tutgan yoshlarimiz Chexiya san’ati, madaniyatini aks ettiruvchi ijodiy tanlovlar, bolalar tasviriy san’atiga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda.
“Chexiya O‘zbekiston yoshlari nigohida” rasmlar tanlovi 10-15 hamda 16-20 yosh toifasida tashkil qilindi. Tanlovda 1-o‘rin egasi Chexiyaga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin sohiblari pul mukofotiga ega bo‘ldi.
[gallery-8286]
Tadbirda 70 dan ziyod tanlov ishtirokchilarining 300 ga yaqin ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham ochildi.
Tanlov Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, quyidagilar g‘olib deb topildi:
10-15 yosh toifasida g‘oliblar:
1.Madina Umurzoqova – 25-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi
2.Muslima Abdumannopova – 25-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi
3.Aslbek Sobirov – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchisi
4.Soliha Hikmatjonova – 23-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi
5. Milada Iskra – 71 –maktab
16-20 yosh toifasida g‘oliblar:
1.Shodiyonaxon Sharabiddinova – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi
2.Karina Umarova — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi
3.Madina Sodiqova – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchisi
4.Fotima Xolboyeva — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchisi
5. Muslima Asatullayeva — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchisi.
Tadbirda g‘oliblarga mukofotlar topshirildi.
N.Usmonova,
O‘zA muxbiri