Chexiya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi
Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Oliy martabali mehmon 29-aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
[gallery-29091]
Mamlakatimiz o‘tmishi va kelajagi timsoli sanalgan Mustaqillik monumenti Yangi O‘zbekiston ma’naviyatning gultojidir. U yerda kamolot sohiblari bo‘lmish ajdodlarimiz siymosi aks etgan.
Chexiya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yar ekan, umrini zamin taraqqiyoti, el farovonligi yo‘lida ilm-ma’rifat bilan o‘tkazgan ajdodlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatib ramziy bosh egdi.
Yurtimiz tarixi, dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan bobolarimiz ma’rifati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Marhabo HOJIAKBAROVA, Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA