Chempionlar ligasisiz qolgan superyulduzlar
Transfermarkt YECHLda ishtirok etmaydigan va bozor qiymati kamida 70 million yevroga baholangan futbolchilar orasidan alohida reyting tuzdi.
2026/27-yilgi Chempionlar ligasi mavsumining asosiy bosqichida 36 jamoa qatnashadi. Qur’a natijalari ham ma’lum bo‘ldi. Biroq qator qimmatbaho futbolchilar bu mavsum Yevropaning eng nufuzli klub turnirini televizor orqali kuzatishga majbur bo‘ladi.
Transfermarkt YECHLda ishtirok etmaydigan va bozor qiymati kamida 70 million yevroga baholangan futbolchilar orasidan alohida reyting tuzdi. Unda jami 11 nafar futbolchi bor.
Ro‘yxatda «Chelsi» vakillari yaqqol ustunlik qiladi. London klubi tarkibidagi 6 futbolchi ushbu reytingdan joy olgan.
Eng yuqori pog‘ona esa Morgan Rojersga tegishli. Uning Transfermarkt’dagi qiymati 110 million yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlarda 100 million yevrolik narxga ega Koul Palmer, Moyses Kaysedo va Enso Fernandes joylashgan.
YECHLda qatnashmaydigan eng qimmat futbolchilar:
- Morgan Rojers («Chelsi») — €110 mln;
- Koul Palmer («Chelsi») — €100 mln;
- Moyses Kaysedo («Chelsi») — €100 mln;
- Enso Fernandes («Chelsi») — €100 mln;
- Sandro Tonali («Tottenhem») — €80 mln;
- Joao Pedro («Chelsi») — €80 mln;
- Estevao («Chelsi») — €80 mln;
- Kenan Yildiz («Yuventus») — €75 mln;
- Morgan Gibbs-Uayt («Nottingem Forest») — €70 mln;
- Adam Uorton («Kristal Pelas») — €70 mln;
- Eli Junior Kroupi («Bornmut») — €70 mln.
Qizig‘i, reytingdagi futbolchilarning 10 nafari Angliya Premyer-ligasi vakillari hisoblanadi. Ularning asosiy qismi joriy mavsumda boshqa Yevrokuboklarda ham qatnashmaydi.
Istisno sifatida Kenan Yildiz, Adam Uorton va Eli Junior Kroupini keltirish mumkin. Ular Chempionlar ligasi o‘rniga Yevropa ligasida o‘z jamoalariga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, YECHLning 2026/27-yilgi mavsumi liga bosqichi qur’asi 27-avgust kuni o‘tkazildi. Turnirning dastlabki uchrashuvlari 8–10 sentyabr kunlariga belgilangan.