Chegarachilar yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tdi
Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi arafasida Samarqand viloyatidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilaridan bir guruhiga yangi xonadonlar tantanali topishirildi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ushbu xonadonlar ular uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘lganligini ta’kidladi. Xalqimiz osoyishtaligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashda chegarachilarimiz hissasi kattaligi, ular davlatimizning doimiy e’tibor ekanligini qayd etdi.

Loyiha qiymati 4,2 milliard so‘m bo‘lgan, 24 xonadondan iborat mazkur ko‘p qavatli uy qisqa fursatlarda bunyod etilib, bu yerda oilalar uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratilgan.

Viloyat hokimi va boshqa mas’ullar yangi xonadonlarning ilk mehmonlari bo‘lib, uy egalariga ezgu niyatlarini bildirdilar.


G‘.HASANOV, O‘zA