Chegara hududga 15 ming harbiy joʻnatiladi
Prezident Donald Tramp “AQSH yaqinlashib kelayotgan muhojirlar karvoni sabab Meksika bilan chegara hududga 15 ming harbiyni joʻnatishga tayyor”, deb bayonot berdi, deyiladi Reuters xabarida. Maʼlum qilinishicha, bu miqdor shu paytgacha chegaraga keltirilgan qoʻshindan bir necha baravar oshiq hisoblanadi.

Pentagon 29 oktyabrda 5200 nafar harbiy joʻnatilishini maʼlum qilgan, 31 oktyabrda bu miqdor 7000 nafar boʻlishi aytilgandi. Tramp oʻn besh minglik qoʻshinning qanchasi AQSH milliy gvardiyasi askari boʻlishiga oydinlik kiritmadi.