Chad poytaxtida o‘q-dori ombori yondi
Seshanba kuni kechqurun Chad poytaxti Njamendagi yirik o‘q-dori omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Hozircha jabrlarganlar haqida ma’lumot yo‘q.
“Frans Press” agentligi tegishli manbalarga tayanib yozishicha, aeroport yaqinidagi Guji tumanida joylashgan ombor yonib, kuchli portlash ovozi bir necha kilometrgacha yetib borgan.
Halokat xabarini mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdurahmon Kulamalloh tasdiqlagan.