Buxoroda yoshlar tashabbuslari namoyish etildi
FOTOREPORTAJ
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Buxoro shahrida “Tashabbuslar marafoni” tashkil etildi.
Somoniylar istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbir doirasida tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni o‘rganish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘rgazma va taqdimotlar namoyish etildi.
[gallery-29898]
Marafon ishtirokchilari tajribali mutaxassislar, tadbirkorlar va ijodkorlar bilan muloqot qilish, o‘z g‘oya va tashabbuslarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida o‘tkazilgan tadbirlarda 115 mingga yaqin yoshlar va fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbir yakunida gala-konsert dasturi namoyish etildi hamda ilm-fan, ijod va jamoatchilik faoliyatida namuna ko‘rsatayotgan bir guruh yoshlar taqdirlandi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA