“Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy ligasining yigirma birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy ligasining yigirma birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Ushbu turdan joy olgan “Bunyodkor” va “Obod” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi. “Bunyodkor” jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarga Dostonbek Hamdamov, Sato Minori va Bahodir Nasimov mualliflik qildi.
“Lokomotiv” va “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham xuddi shu hisobda poytaxtlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Sardor Mirzayev, Temur Kapadze va Marat Bikmayev raqib darvozasiga bittadan to‘p kiritdi.
“Nasaf” klubi ham “Buxoro” jamoasi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, muxlislarini xushnud etdi.
Qolgan o‘yinlar quyidagi natijalar bilan yakunlandi: “Metallurg” – “Paxtakor” 2:0, “Neftchi” – “Mash’al” 1:2, “Navbahor” – “Olmaliq” 3:3, “Qizilqum” – “Qo‘qon – 1912” 1:1, “So‘g‘diyona” – “Andijon” 1:0.