Bukayo Saka Jahon chempionati tarixida Angliya uchun noyob natijani qayd etdi
Saka Jahon chempionatining pley-off bosqichida xet-trik qayd etgan Angliya terma jamoasi tarixidagi atigi ikkinchi futbolchiga aylandi.
Angliya terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiya darvozasiga xet-trik qayd etib, jamoasining 6:4 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ushbu xet-trik evaziga Saka Jahon chempionatining pley-off bosqichida xet-trik qayd etgan Angliya terma jamoasi tarixidagi atigi ikkinchi futbolchiga aylandi.
Bu natijaga undan avval faqat Jyeff Xerst erishgan edi. U 1966-yilgi Jahon chempionati finalida G‘arbiy Germaniyaga qarshi uchrashuvda uchta gol urgan. O‘sha o‘yindagi mashhur «fantom gol» ham aynan Xerst hisobiga yozilgan va Angliyaga tarixdagi ilk jahon chempionligini taqdim etgan.