Bugun tug‘ilgan kun – Shoazim Minovarov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov 1951 yil 1 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Shoazim Minovarov mehnat faoliyati davomida turli mas’ul vazifalarda faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistonning Misrdagi Favqulodda va muxtor elchisi kabi lavozimlarda xizmat qilgan. Shuningdek, 2015 yilda tashkil etilgan Toshkent Fransuz alyansiga 2017 yilgacha rahbarlik qilgan.
U 2017 yil O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi do‘stlik hamda hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Fransiya hukumatining “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Shoazim Minovarov mahoratli tarjimon sifatida ham e’tirof etiladi. U XX asr fransuz adabiyotining Nobel mukofotiga sazovor vakillari – Fransua Moriakning “Ilonlar komida”, Jan-Mari Gyustav Le Klezioning “Mondo”, Patrik Modianoning “To‘y sayohati” hamda ingliz mumtoz adabiyoti vakili Charlz Dikkensning “Katta umidlar” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, Erkin A’zamning “Shovqin” romani, “Pakananing oshiq ko‘ngli” qissasi, “Yozuvchi” va “Aralashqo‘rg‘on” hikoyalarini fransuz tiliga o‘girgan.
Shoazim Minovarov 2020 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan bilan mukofotlangan.
***
P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!