Bugun tug‘ilgan kun
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Sog‘liqni saqlash xodimi Svetlana Inomova 1951 yil 11 fevralda Andijon viloyatida tug‘ilgan.
11 fevral
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Sog‘liqni saqlash xodimi Svetlana Inomova 1951 yil 11 fevralda Andijon viloyatida tug‘ilgan.
Svetlana Inomova 1974 yil Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, Andijon viloyati 3-bolalar shifoxonasi shifokori sifatida ish boshlagan. U mehnat faoliyati davomida qator mas’ul lavozimlarda ishlab kelmoqda. Xususan, 1988-2002 yillar Andijon shahri 1-bolalar klinik-shifoxonasi bosh shifokori, 2002-2004 yillar “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi, 2004-2008 yillar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.
Svetlana Inomova 2008 yildan buyon “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelmoqda.
Svetlana Inomova “Mehnat shuhrati” hamda I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!