Bugun tug‘ilgan kun
Yozuvchi, jurnalist, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yil 8 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan.
8 yanvar
Yozuvchi, jurnalist, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yil 8 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan.
Xurshid Do‘stmuhammad 1973 yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini O‘zbekiston “Fan” nashriyotida boshladi. “Fan va turmush” jurnalida, “Qishloq hayoti” gazetasida ishladi. Shuningdek, “Yosh kuch” jurnalida bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir, “Hurriyat” gazetasida bosh muharrir, “O‘zbekiston matbuoti” jurnalida bosh muharrir, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlash va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasida hamrais sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari Xurshid Do‘stmuhammad saboqlarini olib kelmoqda.
Adibning dastlabki hikoyasi 1981 yili “Guliston” jurnalida, “Nigoh” nomli birinchi qissasi esa 1987 yili “Yoshlik” jurnalida e’lon qilindi. “Hovli etagidagi uy” nomli birinchi kitobi 1989 yili nashr etildi. Shundan so‘ng uning “Panoh”, “ Oromkursi”, “So‘roq”, “Sof o‘zbekcha qotillik” qissalari, “Bozor” romani va o‘nlab hikoyalari chop etildi. Adibning “ Jajman” kitobidan bir necha qissalari qatori “Mahzuna”, “ Jajman”, “Ibn Mug‘anniy”, “Ko‘z qorachig‘idagi uy” singari hikoyalar ham joy olgan.
Xurshid Do‘stmuhammadning mehnat va ijodiy faoliyati davlatimiz tomonidan yuqori baholanib, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!