Bugun tug‘ilgan kun
O‘zbekiston xalq shoiri, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Shuhrat” medali sohibi Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
8 yanvar
O‘zbekiston xalq shoiri, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Shuhrat” medali sohibi Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Shoir 1979 Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan.
Anvar Obidjon hozirgi “Yangi asr avlodi”, “Cho‘lpon” nashriyotlarida, “Mushtum”, “Yosh kuch” jurnallarida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritdi.
Kitobxonlar shoirning “Ona Yer”, “Bahromning hikoyalari”, “Ey, yorug‘ dunyo...”, “Olovjon va uning do‘stlari”, “Ketmagil”, “Masxaraboz bola”, “Akang qarag‘ay Gulmat”, “Juda qiziq voqea”, “Dahshatli Meshpolvon”, “Yerliklar”, “Bulbulning cho‘pchaklari”, “Odobli bo‘lish osonmi”, “Tanlangan she’rlar”, “O‘q o‘tmas bolakay yoxud oltin yurak”, “Ajinasi yo‘q jinko‘chalar” kitoblarini yaxshi biladi.
U bolalar uchun ham, kattalar uchun ham ko‘plab qissa, she’r, doston, hikoya, pesalar yaratdi. Anvar Obidjonning dramaturg sifatidagi faoliyati 1983 yil “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” komediyasi Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilganidan boshlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!