Bugun tug‘ilgan kun 27 dekabr
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Tohir Malik 1946 yil 27 dekabrda Toshkentda tavallud topgan.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Tohir Malik 1946 yil 27 dekabrda Toshkentda tavallud topgan.
Tohir Malik Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyati davomida mamlakatimizdagi markaziy gazeta va jurnallarda, turli ijodiy idoralarda mehnat qilgan.
Fantastika janriga talabalik yillaridan qo‘l uradi. Bir qator asarlari o‘sha paytlardayoq kitobxonlar e’tiborini o‘ziga tortdi. “Hikmat afandining o‘limi” fantastik qissasini ko‘pchilik yaxshi biladi. Shu yo‘nalishdagi bir qator hikoyalari, “Falak”, “Zaharli g‘ubor”, “Somon yo‘li elchilari”, “Tiriklik suvi” qissalari, “Devona” romani, “Qora farishta” kitobi chop etilgan. Bu asarlar rus hamda boshqa xorij tillariga tarjima qilindi.
Adib XX asr boshlaridagi o‘zbek ziyolilari faoliyatini o‘rganib, bir qancha roman va qissalar yozdi. Bu mavzu keyinchalik “So‘nggi o‘q”, “Ov” qissalarida davom etdi. “So‘nggi o‘q” asosida yetti qismli telefilm yaratildi. Shuningdek, uning ma’naviyat masalalariga, axloqiy qadriyatlarga bag‘ishlangan asarlari ham kitobxonlarga manzur bo‘ldi.
Xalqimizning sevimli yozuvchisi Tohir malik 2019 yil 16 may kuni vafot etdi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!