Bugun tomorqa asosiy daromad manbaiga aylanmoqda
Bunda tomorqachilikda uzoq yillik tajribaga ega nuroniylarimiz yosh oilalarga oʻrnak boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar yuzasidan Nukus shahridagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
–Hududimizda tomorqa orqali oilasi, qolaversa boshqalarni ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlayotgan xonadonlar koʻpchilikni tashkil etadi, –deydi Nukus shahridagi “Qutli qoʻnis” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Guliston Berdiniyazova. –Ayniqsa, hozirgi karantin tadbirlari eʼlon qilingan davrda uyda bekor oʻtirmasdan, tomorqa yerlaridan samarali foydalanib, poliz-sabzavot ekinlarini ekish ishlari bilan shugʻullanmoqda.
Bunda tomorqachilikda uzoq yillik tajribaga ega nuroniylarimiz yosh oilalarga oʻrnak boʻlmoqda. Kundalik darslarini tayyorlashdan boʻsh vaqtlarida oʻgʻil-qizlari ota-onasiga yaqindan yordam bermoqda. Chunki, bahorning har bir kuni gʻanimat. Sektor rahbarlari aholiga tomorqa yerlaridan foydalanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Mutasaddi soha vakillari tomonidan mahallalar hududiga mevali koʻchatlar, sabzavot urugʻlari va boshqa moddiy resurslar yetkazib berilmoqda.

Turmush oʻrtogʻi, uy bekasi Ramiza Jiyemuratova, oʻgʻli Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi Mirzabek Bekbosinov, qizi I.Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabi oʻquvchisi Eliza Bekbosinovalar boʻsh vaqtlarida ekinlarni parvarishlashda yaqindan yordam beradi.

Alpamis Turgʻanboyev 2019-yilda kasb-hunar kollejini tugatib, bugungi kunda ishsiz edi. Nukus shahar Aholi bandligini taʼminlash markazi hamda “Kardar” ishlab chiqarish masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan unga ham issiqxona qurib berildi.