Britaniyalik siyosatchi Argentina futbolchilarini finaldan chetlatishni talab qildi
2024-yil avgust oyida Rodri va Alvaro Morata “Gibraltar — Ispaniyaniki” qo‘shig‘ini kuylagani uchun bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Buyuk Britaniya Liberal-demokratlar partiyasi yetakchisi va Jamoatlar palatasi a’zosi Ed Deyvi Argentina terma jamoasi futbolchilariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi.
Argentina JCH–2026 yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng futbolchilar g‘alabani “Malvin orollari argentinaliklarga tegishli” degan yozuv tushirilgan banner bilan nishonlagandi.
"2024-yil avgust oyida Rodri va Alvaro Morata “Gibraltar — Ispaniyaniki” qo‘shig‘ini kuylagani uchun bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Endi “Malvin orollari argentinaliklarga tegishli” degan banner bilan bayram qilgan Argentina futbolchilari ham JCH–2026 finalidan chetlatilishi kerak", — deb yozdi Deyvi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Argentina terma jamoasiga nisbatan mazkur siyosiy banner bo‘yicha jahon chempionati yakuniga qadar hech qanday sanksiya qo‘llamasligi ma’lum qilingan edi.