Brayl yozuvidagi kitoblar topshirildi
Taʼlim muassasasi rahbari Nozimjon Hoshimov taqdim etilgan kitoblar muassasa kutubxonasi fondini boyitish bilan birga, oʻquvchilarning dunyoqarashini yuksaltirish, taʼlim jarayonida yuqori natijalarga erishishida muhim omil boʻlishini taʼkidladi.
“Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasidagi kitoblar karvonidan 100 nusxadan ortiq 10 turdagi Brayl yozuvida chop etilgan oʻquv qoʻllanmalari va jahon adabiyoti namunalari Fargʻona shahridagi koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasiga va uning Qoʻqon shahridagi filialiga topshirildi.