Boshlang‘ich badalga qo‘shimcha "badal" ham bormi?
M.Zayniddinova Zarafshon shahridagi bir qurilish firmasidan uy sotib olmoqchi bo‘ladi. Hatto 23 million so‘m boshlang‘ich badalni ham to‘laydi.
Ammo hamma muammo shunday keyin boshlanishini u qayoqdan ham bilsin...
Biroz vaqt o‘tib, to‘lov qobiliyati bo‘lmagani sabab shartnomani bekor qiladi. Buni qarangki, pullarini qaytarib olish uchun o‘sha firmaga yuzlanganida u yerdagilar qaytarilishi kerak bo‘lgan summadan 10 foiz qo‘shimcha haq (ustama) olib qoladi. Fuqaro, tabiiyki, bundan norozi bo‘lib, Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat jamiyatning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqiladi. Ular ushbu qurilish tashkilotiga borib, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonundan yaxshigina dars berishadi.
Axiyri qurilish firmasi fuqaroga boshlang‘ich badal pulini to‘liq qaytarib beradi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA