Bosh qomusimiz – farovon turmushimiz kafolati
Ayni kunlarda Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi joylarda, tashkilot va muassasalarda ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda.
Sana munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida ham tadbiri bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i B.Mirzaahmedov tinch va farovon hayotimizning muhim poydevori bo‘lgan Konstitutsiyamiz hamda davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Davlatimiz bosh qomusimizning avvalo, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligini ta’kidlandi. Davlatimiz madhiyasida esa xalqning ozodligi, hurligi tarannum etilganini urg‘uladi.
Tadbirda bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari bilan rag‘batlantirildi.
O‘zA