Bolaligim — poshsholigim (+video)
Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida sayyoramiz bolajonlarning samimiy va beg‘ubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi. Bu sana quyoshli diyorimizda ham o‘zgacha intiqlik bilan kutiladi.
Azaldan bolajon bo‘lgan xalqimiz shu kuni kundalik tashvishlarni bir chetga qo‘yib, farzandlarini istirohat bog‘lariyu ko‘ngilochar maskanlarga olib borishga oshiqadi. Bolajonlarga turli xil sovg‘alar ulashiladi. Bu esa oilada mehr-muhabbat rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/JycUb6vSFHE?si=bvV2QM3U6i1VtrZR" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA