Bokuda hamyurtimiz markaziy jangda ringga ko‘tarildi
Ozarbayjonning Boku shahrida aralash jang san’atlari va kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan o‘ziga xos jang kechasining markaziy bahsi 72,5 kilogramm vaznda Ozarbayjon kikboksing yulduzi Ruslan Nagiyev va o‘zbekistonlik Mavlonbek Qahhorov o‘rtasida kechdi.
Muay-tay bo‘yicha 3 karra jahon chempionligiga erishgan Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi Mavlonbek Qahhorov jang davomida Ruslan Nagiyev bilan teng kurash olib borgan, ayrim vaziyatlarda ustunlikka erishgan bo‘lsa-da hakamlarning yakuniy qarori bilan g‘oliblik Nagevga taqdim etildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA