Bokschilarimiz “World Boxing” kubogi yarim finalida
Bugun, 18 noyabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida “World Boxing” tashkiloti kubogining yarim final janglariga start beriladi.
Kun davomida 20 ta juftlik o‘rtasida yarim final janglari tashkil etilsa, 6 tasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ringga ko‘tariladi:
-48 kg: Farzona Fozilova – Anna Okota (Ukraina)
-70 kg: Aziza Zokirova – Anastasia Chernokolenko (Ukraina)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Assel Toktassin (Qozog‘iston)
-65 kg: Adhamjon Muhiddinov – Shion Nishiyama (Yaponiya)
-90 kg: Nusratbek Tohirov – Jakub Tutak Adam (Polsha)
+90 kg: Halimjon Mamasoliyev – Ju Tayeung (Janubiy Koreya)
Kecha qit’a kubogining chorak final janglarida 7 nafar terma jamoamiz a’zosi jang o‘tkazgan bo‘lsa, 5 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat qayd etildi. Bir nafar raqib jangdan bosh tortdi.

Xususan, Jasurbek Yo‘ldoshev -85 kg. vaznda avstraliyalik Jon Lachlanni, -70 kilogrammda Muhammadazizbek Ismoilov Janubiy Koreya vakili Kim Joonsuni, -90 kg.da Nusratbek Tohirov ukrainalik Bogdan Tolmachovni, -75 kg.da Javohir Abdurahimov qozog‘istonlik Aman Konsbekovni, -55 kg.da Samandar Olimov Janubiy koreyalik Shin Jayeyongni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.

-50 kg. vaznda janubiy koreyalik Yoon Tayegeunning to‘qnashuvdan bosh tortgani uchun Asilbek Jalilov to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim final yo‘llanmasi sohibiga aylandi.

-57 kg. vaznda qatnashgan terma jamoamiz a’zosi Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi vakilasi Vu Shih Yiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, jahon kubogining yarim final bahslari 19 noyabrga qadar davom etadi. Final janglari esa 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA