Bokschi qizlarimiz muvaffaqiyati
Serbiyada boks bo‘yicha o‘tkazilgan "58th Belgrade Winner" xalqaro turnirida qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida ringga ko‘tarilgan Navbahor Hamidova hamda 75 kilogrammgacha vazndagi bahslarda finalgacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan Mavluda Mavlonova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Gulasal Sultonaliyeva, Aziza Yoqubova, Mahliyo Xabibullayeva hamda Mohira Abdullayeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA