Bojxonachilar bayramni munosib nishonladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati va barcha hududiy boshqarmalar, tarkibiy tuzilmalar bilan videokonferens aloqa orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda qo‘mita raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Bosh Qomusimizning 30 yillik bayrami bilan muborakbod etdi.

Tadbir davomida bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga hissa qo‘shgan 6 nafar xodim “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar ham tantanali ravishda topshirildi.

Bojxona organlari tomonidan otaliqqa olingan maktablarda o‘tkazilgan “Konstitutsiya – mening taqdirimda” intellektual tanlovi g‘oliblari ham tadbirga taklif etildi. Nukus shahridagi 31-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tanlovda g‘olib bo‘lgan 10-sinf o‘quvchisi Liza Yusupovaga “Yosh bojxonachi” esdalik nishoni topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA