Bojxona xodimlari doim hushyor
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan viloyat IIB, JXX, YHXB vakillari bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida biologik faol qo‘shimchalarni noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada, oldindan kuzatuvga olingan “Gentra” rusumli avtotransport vositasi Guliston shahriga kirish ko‘prigi ostida to‘xtatilib, yukxonasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan va sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 43 million so‘mlik, jami 144 dona “Jenshen” nomli biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri.