Bog‘cha bolalarida koronavirus aniqlandi
Joriy yilning 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli DMTT ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida 13 mart kuni 2 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida COVID-19 aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi “j” bandiga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga olindi.
O‘zA