Bo‘lajak chempionlar maskani
Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, o‘zlari xohlagan sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida zamonaviy bolalar sporti inshootlari qurish va jihozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, o‘zlari xohlagan sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida zamonaviy bolalar sporti inshootlari qurish va jihozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida o‘tgan yillar davomida Namangan viloyatida ko‘plab shunday maskanlar barpo etildi va zarur jihozlar bilan ta’minlandi.
Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi 37 bolalar va o‘smirlar sport maktabida 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 25 mingdan ziyod o‘quvchi muntazam shug‘ullanmoqda. Mazkur muassasalarda yoshlarning har tomonlama barkamol, sog‘lom ulg‘ayishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Buni o‘quvchilarning turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan o‘rin olayotgani misolida ham ko‘rish mumkin.
Joriy yilning 5-7-sentabr kunlari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon jang san’atlari festivalida Namangan shahridagi 34-bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Munisa Xushnazarova hamda Namangan tumanidagi 35-bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchisi Davlatbek Hoshimov milliy terma jamoamiz safida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, milliy va olimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori natijaga erishayotgan sportchilarning asosiy qismi aynan bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilaridir. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, sport inshootlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, salomatligini mustahkamlashi uchun yaratilayotgan sharoitlar samarasidir.