BMT oliy komissari Isroilning Livandagi harakatlarini tanqid qildi
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turkning aytishicha, Isroil Livanning janubiy qismidagi ulkan hududlarni bosib olishga chek qo‘yishi va uylarni buzishni to‘xtatishi kerak, deb xabar beradi NBC News.
Turkning aytishicha, Isroilning Livandagi ba’zi harakatlari urush jinoyatlariga teng bo‘lib, inson huquqlari guruhlarining shaharlar, qishloqlarning keng miqyosda vayron qilinishi va o‘nlab tibbiyot xodimlari va jurnalistlarning o‘limi haqidagi tanqidlarini aks ettiradi.
- Bunday vayronakorlik xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilish borasida jiddiy savollar tug‘diradi, - dedi u.
Folker Turk Livanga tashrifi doirasida hukumat amaldorlari, fuqarolik jamiyati vakillari va urush tufayli ko‘chib ketgan livanliklar bilan uchrashdi.
Eslatib o‘tamiz, mojaro joriy yil 2-mart kuni AQSH-Eron ziddiyati fonida Hizbulloh Isroilga raketa otganida boshlangan. Shundan so‘ng, Isroil Livanga qarshi havo va quruqlikda hujum uyushtirdi, natijada 4000 dan ortiq odam halok bo‘ldi va 1,2 million kishi ko‘chib ketdi. Isroil kuchlari hali ham janubiy Livandagi o‘nlab shahar va qishloqlarni egallab turibdi.
G.Sattorova, O‘zA