BMT: 150 ming kishi Ukrainani tark etgan
Hozirgacha Ukrainadan 150 mingcha odam chiqib ketgan, qochqinlar, asosan, Polsha, Vengriya, Moldova, Ruminiyaga jo‘natilgan, dedi BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.
“Hozir 150 mingdan ko‘p ukrainalik qo‘shni davlatlar chegarasini kesib o‘tgan. Ularning yarmi Polshaga, qolganlari Vengriya, Moldova, Ruminiya va boshqa mamlakatlarga ko‘chgan. Harbiy vaziyat raqamlarni aniqlash, ko‘rsatilayotgan yordam haqida ma’lumot olishni qiyinlashtirmoqda”, deb yozdi Grandi ijtimoiy tarmoqda.